35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#_munosabat



🌏Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash, parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani muhim ahamiyatga ega.
🌏Ayniqsa, O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish yoshlarimiz uchun zamonaviy bilim va kasb egallash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
🌏Parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish esa ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va strategik aloqalarning amaliy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
👉Deputat sifatida bunday uchrashuvlarni O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash, yangi investitsiyalarni jalb etish, ta’lim va iqtisodiyotimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadam, deb baholayman.

Latofat Behbudova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi,