35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Navbatdagi_sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masalla_yuzasidan
📌 “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini ajratish masalasi o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Kengashning 26-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida Sherobod tumanida 2026-yilning 2-mavsumi doirasida 15-iyuldan 31-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Openbudget.uz” rasmiy veb-sayti orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan va ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, mazkur takliflarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish masalasi, ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi hamda belgilangan ishlarning ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

📊 O‘rganish yakunlari asosida sessiyada muhokama qilish uchun tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirildi.

🎯 Asosiy maqsad — fuqarolar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, g‘olib loyihalarni samarali amalga oshirish va ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlash.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3