35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan fuqarolar murojaati asosida “A.Navoiy” MFY, A.Qodiriy ko‘chasida to‘planib qolgan qurilish chiqindilarini olib chiqib ketish hamda hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

️Javobda hududda obodonlashtirish, chiqindilarni muntazam olib chiqish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

️Xususan, A.Qodiriy ko‘chasida to‘planib qolgan qurilish chiqindilarini muntazam yig‘ib olib chiqib ketish masalasi “Toza hudud” davlat muassasasi Qo‘qon shahar filialiga biriktirilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqib ketishni tashkil etish maqsadida mahalla mas’ullari bilan hamkorlik qilish zarurligi ta’kidlangan.

Hududning doimiy sanitariya holatini saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda obodonlashtirish ishlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish belgilangan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi