35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“Artizon bo‘yi” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Rasulova tomonidan “Artizon bo‘yi” MFYda kambag‘allik reyestrida turuvchi oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy holati o‘rganilib, ularni mavjud muammolardan chiqarish, barqaror daromad manbai bilan ta’minlash hamda oilalarning farovonligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Har bir oila bilan individual ishlash, ularning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish kabi yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Кambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning munosib turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3