35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Yangi ish o‘rinlari yaratgan tadbirkor faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna “Jayxun” MFYda hokim yordamchisi A.Kudaybergenov tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganishni davom ettirdi.

🏭 Navbatdagi manzilda A.Atamuratov tomonidan tashkil etilgan “Bereket onimleri” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Korxonada stol va stullar ishlab chiqarilib, bugungi kunda mahalladagi 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.

💼 Ta’kidlanishicha, hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorga 133 million so‘m miqdorida kredit ajratilib, ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan.

🤝 Deputat tadbirkor bilan muloqot qilib, faoliyat davomida uchrayotgan muammolarni tingladi. Suhbat davomida korxonada malakali ishchi kuchi yetishmayotgani asosiy muammolardan biri ekani qayd etildi hamda ushbu masalani hal etish bo‘yicha amaliy ko‘mak so‘raldi.

📍 Bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

🌱 Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish — aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirishning eng muhim omillaridan biridir.

Slide 1 of 9