35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
KENGASHLAR FAOLIYATI: MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINMOQDA

 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati T. Rahimov hamda Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputatlari F.Hojiyev va M.Ergasheva ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish davomida davlat rahbari boshchiligida “Mahallalarda aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish” masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolarning daromadini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholining muammolarini joyida hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlarning saylovchilar bilan ishlashini kuchaytirish, aholi murojaatlariga e’tibor qaratish va hududlarda aniqlanayotgan muammolarni hal etishda deputatlik nazoratidan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Asosiy maqsad — aholi manfaatlarini ta’minlash, mahallalarda bandlik va daromadni oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish hamda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish.