35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
MAHALLADA OBODONCHILIK HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 1-Guliston saylov okrugi deputati Baxromov Isoxon Nosirovich hududida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov ishtirokida mahalladagi obodonlashtirish ishlari hamda mavjud muammolar yuzasidan tahliliy o‘rganish olib borildi.

Mazkur o'rganishda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassis L.Xurramov ham faol ishtirok etdi.

O‘rganish davomida Guliston mahallasidagi Fayz ko‘chasining 500 metr qismi asfaltlanganligi, hududning infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida yangi elektr energiyasi tarmog‘ini tortish ishlari rejalashtirilgani qayd etildi.

Shuningdek, hududda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi uchun qulay va munosib sharoit yaratish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish masalasi belgilab olindi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar mahallalarda obodonchilik, infratuzilma va aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni manzilli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6