35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #fuqarolar_qabuli "Gulira’no" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Termiz shahrida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi deputatlik faoliyati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinovaga biriktirilgan “Gulira’no” mahallasida bo‘lib, fuqarolar qabulni o‘tkazdilar.

Qabul davomida murojaat bilan kelgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni doirasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan beriladigan nafaqalar hamda moddiy yordamlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan boshqa shaxsiy va ijtimoiy murojaatlar ham tinglanib, ularga joyida huquqiy maslahatlar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.