35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
“Tinchlik” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi
“Tinchlik” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 7-Fayzobod saylov okrugi deputati N.Dushayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi doirasida “Tinchlik” mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

♻️“Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, belgilangan vazifalarning ijrosi, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish, yoshlar hamda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

♻️O‘rganish jarayonida mahallada aholi muammolarini xonadonbay o‘rganish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.

📌Asosiy maqsad — mahallada aholi uchun qulay sharoit yaratish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashdir.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 2