35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslari

Ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan.

Mazkur qonun ichki ishlar organlarining faoliyatini tashkil etish, ularning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilashda muhim huquqiy asos hisoblanadi.
Qonunga muvofiq, ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishdan iborat.

Shuningdek, ichki ishlar organlari o‘z faoliyatini qonuniylik, fuqarolarning huquq va erkinliklariga hurmat, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirishi belgilangan.

Qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Qonun ustuvorligi — tinchlik, osoyishtalik va fuqarolar xavfsizligining muhim kafolatidir.