35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
#_Kengash_raisining_faoliyati Fuqarolar murojaatlari tinglandi

#_Kengash_raisining_faoliyati
Fuqarolar murojaatlari tinglandi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi M.Ashurov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy yechim topishga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, asosiy murojaatlar fuqarolarning uy-joylariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mavjud kadastr muammolarini bartaraf etish, hujjatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda yer va mulk masalalariga oid bo‘ldi.

Murojaatlar davomida har bir fuqaroning muammosi atroflicha tinglanib, masalaning kelib chiqish sabablari o‘rganildi. Fuqarolarga tegishli tartibda tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1