35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭЪЛОН
Tashabbusli budjet: g‘olib bo‘lmagan dolzarb loyihalar e’tibordan chetda qolmaydi

Tashabbusli budjet: g‘olib bo‘lmagan dolzarb loyihalar e’tibordan chetda qolmaydi

Joriy yilning 2-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Astanaqulova “Xalq bilan birga” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashida bo‘ldi.

Uchrashuvda fuqarolarning murojaat va takliflari, hududlarda aholi uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi 2-mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholi uchun muhim va hudud infratuzilmasini yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar alohida o‘rganildi.

Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov, Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi birinchi o‘rinbosari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

O‘rganish davomida har bir loyihaning dolzarbligi, aholining ehtiyoji, ijtimoiy ahamiyati va amalga oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Muhokamalar yakunida g‘olib bo‘lmagan, ammo aholining kundalik hayoti uchun zarur bo‘lgan loyihalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, ularni mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

📌 Muhimi, loyiha g‘olib bo‘lmagani — muammo ham e’tiborsiz qoladi degani emas.

Aholi tomonidan ilgari surilgan har bir oqilona tashabbus — hudud taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir.

Xalq taklifi — e’tiborda.

Dolzarb muammo — nazoratda.

Yaxshi tashabbus — qo‘llab-quvvatlanadi.

Slide 1 of 4