35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
SESSIYAOLDI O‘RGANISH: 65-MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI


SESSIYAOLDI O‘RGANISH: 65-MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

🏫 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 Shu doirada 65-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, mavjud isitish qurilmalarining sozligi, yoqilg‘i zaxirasi hamda mavsumga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

🪨 Bugungi holatga ko‘ra, maktabda 32 tonna ko‘mir zaxirasi yaratilgan. Shuningdek, isitish tizimida avval aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi ham o‘rganilib, tizimning kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga tayyorgarlik holati baholandi.

🌡 Ijtimoiy soha obyektlarini qish mavsumiga puxta tayyorlash, mavjud muammolarni mavsum boshlanishidan oldin aniqlash va bartaraf etish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✅ O‘rganish natijalari umumlashtirilib, navbatdagi sessiyada muhokama qilish uchun tegishli takliflar shakllantiriladi.

🤝 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, yechimni talab qilish va natijani nazorat qilishdir! 

Slide 1 of 3