35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
Nuroniylar bilan uchrashuv: huquqiy bilim va hayotiy tajriba uyg‘unligi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi deputatlari Sh. Berdaxov, G. Yusupova va J. Jumanazarovlar tomonidan tumanimizdagi nuroniylar ishtirokida uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlatimiz tomonidan nuroniylar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, boy hayotiy tajribasi va pand-nasihatlaridan yoshlar tarbiyasida samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida nuroniylarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Nuroniylar — xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi. Ularning hayotiy tajribasi, duosi va maslahatlari jamiyatimiz taraqqiyoti hamda yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. 

Slide 1 of 4