35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
### Jamoat xavfsizligi va voyaga yetmaganlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Jamoat xavfsizligi va voyaga yetmaganlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Intizor Abdullayeva Kenagas mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Shodlik Quriyozov hamrohligida o‘ziga biriktirilgan tashkilot — tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida tuman ichki ishlar bo‘limi psixologi Bekzod Sa’dullayevning faoliyati, ayniqsa tarbiyasi og‘ir va alohida e’tiborga muhtoj voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan profilaktik hamda tarbiyaviy ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla profilaktika inspektori Qudrat Saidovning xizmat faoliyati o‘rganilib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, shuningdek, mahallalarni yashil, sariq va ko‘k toifalarga ajratish asosida manzilli profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Deputatlik nazorati davomida aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tarbiyasi og‘ir voyaga yetmaganlar bilan individual ishlashni kuchaytirish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish masalalari muhim vazifa sifatida qayd etildi.