35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
YANGI O‘QUV YILI - YANGI MAQSADLAR BILAN

2-sentabr — “Bilimlar kuni” munosabati bilan Marg‘ilon shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev ham ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Kengash raisi yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida ta’lim maskanlarining o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, O.Axmatshayev Prezidentimizning 2-sentabr — “Bilimlar kuni” munosabati bilan o‘quvchi-yoshlarga, ustoz va murabbiylarga hamda ota-onalarga yo‘llagan tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.

Tadbir davomida maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalar yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etildi. O‘quvchilarga bilim olish yo‘lida ulkan zafarlar, yangi marralarni zabt etishda muvaffaqiyat, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat tilandi.

Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi va ustozlar uchun yangi imkoniyatlar, ezgu maqsadlar va katta yutuqlar yili bo‘lsin! 🇺🇿📚

Slide 1 of 4