35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Q.O'TAYEV “BILIMLAR KUNI” TADBIRIDA ISHTIROK ETD

Tadbirda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Yangi o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar sinflarga taqsimlandi.
Tadbir davomida xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi kotibiyat mudiri Q.O'tayev tomonidan maktab kutubxonasiga 45 dona kitob sovg‘a qilindi. Kitoblar o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Deputat tomonidan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ham o‘rganildi. Xususan, sinf xonalari va sport zalining holati, tozalik va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida ayrim sinf xonalari va sport zalida tozalash ishlari yetarli darajada amalga oshirilmagani, jihozlar va boshqa yuzalarda chang qolganligi aniqlandi.
Shuningdek, “Bilimlar kuni” tadbirining tashkil etilishi va bezatilishida ayrim kamchiliklar kuzatildi. Deputat tomonidan maktab rahbariyatiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida 10-sinflarda o‘tkazilgan “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari ham kuzatildi. Darslarda o‘quvchilarga O‘zbekiston davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlar va Vatanga sadoqat haqida tushunchalar berildi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi kotibiyat mudiri Q.O'tayev ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlar, o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Slide 1 of 2