35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
✅ Aholi murojaati ijobiy yechim topdi: 6-sonli maktab oldida tezlik pasaytirgichlar o‘rnatildi

Taxiatosh tumani “Markaziy” MFYda joylashgan 6-sonli maktab atrofida bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aholi tomonidan bildirilgan murojaat amalda o‘z yechimini topdi.

Ilgari ushbu hududda avtomobillar tezligi yuqori bo‘lgani sababli o‘quvchilar yo‘ldan o‘tishda qiyinchilikka duch kelayotgan edi. Murojaat yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi natijasida hududga transport vositalari tezligini cheklovchi sun’iy yo‘l notekisliklari (tezlik pasaytirgichlar) o‘rnatildi.

🤝 Joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi Bajarilgan ishlarning sifatini va haqiqiy holatni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat, O‘zXDP tuman Kengashi raisi va partiya guruhi rahbari Artikov Davron Omarbayevich, deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich hamda deputat Abdisadikov Yusupbay Axmadjanovichlar joyiga chiqib, vaziyatni ko‘zdan kechirdilar.

📌 Deputatlarimiz tomonidan fuqarolarning xavfsizligi va murojaatlari ijrosini ta’minlash borasidagi nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4