35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan Qo‘qon shahrining “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylar oldida bolalar sport maydonchasi qurish masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limidan rasmiy javob kelib tushdi.

Deputatlik so‘rovida Turkiston ko‘chasidagi 152-sonli, Shaldiramoq ko‘chasidagi 1–2-sonli hamda Sarboz ko‘chasidagi 32–41-sonli ko‘p qavatli uylar old qismida bolalar sport maydonchasi qurish masalasi ko‘tarilgan.

️Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan o‘rganish olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi 48-sonli qarorining 2-ilovasiga asosan Qo‘qon shahrida 2026–2027-yillarda ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dasturga yuqorida ko‘rsatilgan ko‘p qavatli uylar kiritilmaganligi, kelgusida ushbu uylar dasturga kiritilgandan so‘ng bolalar sport maydonchasi qurilishi amalga oshirilishi bildirilgan.

️Shuningdek, amaldagi tartibga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarning umumiy mol-mulkini saqlash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari mulkdorlar tomonidan to‘lanadigan majburiy badallar hisobidan amalga oshirilishi qayd etilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi