35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
KASB-HUNARGA O‘QITISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA

#Biriktirilgan_tashkilot #Doimiy_komissiya
 KASB-HUNARGA O‘QITISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA

🔹  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 11 fevraldagi 78-son «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlik sub’ektlarini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumanidagi 4-sonli texnikumda manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
🔹  O‘rganish Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, deputat Ozodaxon Dadajonova, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ul xodimi hamda «Adolat» SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi ishtirokida amalga oshirildi.
🔹  Jarayonda o‘quvchilarni zamonaviy kasb-hunar va amaliy ko‘nikmalarga o‘qitish, tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Asosiy maqsad — yoshlarni shunchaki kasbga o‘qitish emas, balki ularni mehnat bozorida raqobatbardosh, mustaqil daromad topa oladigan va kelajakda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan mutaxassis sifatida shakllantirish.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐E-Kengash.uz

Slide 1 of 4