35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ — ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШДАН БОШЛАНАДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУАММОЛАРИГА АМАЛИЙ ЕЧИМ ИЗЛАНМОҚДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ: ҲАР БИР ОИЛАНИНГ ИМКОНИЯТИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ТАШАББУСЛАРИГА АМАЛИЙ КЎМАК
янв.21
ҲАР БИР ОИЛА ДАРОМАДИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Oqoltin tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tadbirlarda o‘quvchilar, ustozlar, ota-onalar bilan bir qatorda tuman hokimligi vakillari, tashkilot va muassasa rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati A.Uljayeva 6-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida qatnashib, maktab jamoasi va o‘quvchilarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhimligi ta’kidlandi. O‘quvchilarga yangi o‘quv yilida a’lo baholar, katta yutuqlar va ezgu maqsadlari sari dadil qadamlar tilandi.

Slide 1 of 4