Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҒАЛЛА МАЙДОНЛАРИДА СУҒОРИШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИНИ ЎРНАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАР ВА УЛАР АТРОФИДАГИ ҲУДУДЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВЛАРИ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ НАТИЖАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИНИНГ НАВБАТДАГИ 31-СЕССИЯСИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТНИНГ ҚЎШИМЧА МАНБАЛАРИНИ ЙЎНАЛТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИНГ ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БИРИКТИРИЛГАН ТАШКИЛОТ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, NAZORATGA OLINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 18-Yuksalish saylov okrugi deputati B. Jalilovning Pichoqchi MFY hududidagi saylov okrugida deputat X.Abdurahmonov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida olib borildi.

O‘rganish davomida Tamaraxonim ko‘chasidagi mavjud holat o‘rganilib, fuqarolar bilan muloqot qilindi. Suhbatlar jarayonida aholi tomonidan ko‘chadagi elektr simyog‘ochlarini yangilash, shuningdek, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, ichimlik suvi bosimining pastligi hamda mavjud quvurlarning eskirgani fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi.

Aniqlangan muammolar deputatning ko‘cha aylanish daftariga tegishli tartibda qayd etilib, ularning yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Bunday deputatlik o‘rganishlari hududdagi mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash, fuqarolar murojaatlarini eshitish va ularning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5