35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭЪЛОН
«Mustaqillikning 35 yilligi» — yuksak e’tirof va sharaf

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz hayotidagi ulkan tarixiy va qutlug‘ sana sifatida keng nishonlanmoqda. Ushbu ayyom munosabati bilan Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida munosib mehnat qilib kelayotgan fidoyi insonlar mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda.
✔️Quvonarlisi, davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jondor tumanidan saylangan bir guruh Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari ham «Mustaqillikning 35 yilligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
✔️Mazkur yuksak e’tirof deputatlarning xalq vakili sifatidagi mas’uliyatli faoliyati, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasiga berilgan munosib bahodir.
✔️Deputatlik faoliyatida xalq bilan yaqin muloqot qilish, saylovchilarning muammo va takliflarini doimiy o‘rganish, ijtimoiy obyektlar holatini tahlil qilish, hududlardagi dolzarb masalalarni Kengash sessiyalari va doimiy komissiyalar muhokamasiga olib chiqish muhim o‘rin tutadi.
✔️«Mustaqillikning 35 yilligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan deputatlar uchun ushbu e’tirof nafaqat yuksak sharaf, balki kelgusidagi faoliyat uchun yanada katta mas’uliyatdir. Zero, xalq ishonchini oqlash, yurt ravnaqi va aholi farovonligiga xizmat qilish har bir deputatning eng muhim vazifalaridan biridir.
✔️Ushbu quvonchli voqea Jondor tumani deputatlari va jamoatchiligi uchun ham katta faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Taqdirlangan deputatlarning samarali faoliyati boshqa vakillar uchun ham ibrat bo‘lib, xalq bilan yelkadosh bo‘lib ishlash, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undaydi.
✔️Jondor tumani Kengashi jamoasi «Mustaqillikning 35 yilligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan deputatlarni samimiy muborakbod etadi! Ularga xalqimiz ishonchi va yurt manfaatlari yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tilaydi.

Mustaqillik — buyuk ne’mat. Unga munosib xizmat qilish esa har birimiz uchun sharafli burchdir!

Slide 1 of 9