35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
ЭЪЛОН
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
#Chinoz_tumani Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi


🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 18-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat A. Turdiboyevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Ulug‘bekova tomonidan Kengash ish rejasiga asosan Yo‘ltushgan MFY hududida mahalladagi soliq inspektori Abduqodir Abdujabborov tomonidan yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishi holati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan 29 ta yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) hamda 6 ta yuridik shaxsning faoliyati, ularning soliq majburiyatlarini bajarishi, belgilangan to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, soliq inspektori tomonidan tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligi talablari bo‘yicha tushuntirish berish, soliq qarzdorligining oldini olish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy yuritishga ko‘maklashish hamda mahalla hududida soliq tushumlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

♻️ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish hamda aholi va tadbirkorlar bilan samarali ishlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3