35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари депутат назоратида
янв.21
Янгиқўрғонда замонавий сузиш ҳавзаси фойдаланишга топширилди
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ЭЪЗОЗЛАНИБ, АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Баркамол маҳалласида замонавий коттежлар қуриш режалаштирилмоқда
янв.21
«Мадад» ННТ вакили иштирокида фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
ЙЎЛ МАДАНИЯТИ — ХАВФСИЗ ҲАЁТ ВА ХОТИРЖАМЛИК КАФОЛАТИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ ОЛДИДАН ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА МУҲТОЖ ОИЛАЛАР ХОНАДОНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #saylovchilar_bilan_uchrashuv #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati Kengash raisi o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#saylovchilar_bilan_uchrashuv
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Kengash_raisi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Kengash raisi o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, hududlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini sarhisob etish hamda saylovchilarning takliflarini tinglash — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov okrug hududiga qarashli “Abdulla Avloniy” mahallasida saylovchilar va ko‘cha faollari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv avvalida deputat D.Normuradova barcha saylovchilarni yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy qutladi.

Muloqotda bayram arafasida mahalla hududida amalga oshirilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari alohida ta’kidlab o‘tildi, xususan:

Mahalladagi barcha ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari hamda tutash hududlari to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy va fayzli qiyofaga keltirilib, At-Termiziy ko‘chasida shahar aholisi va mehmonlari uchun zamonaviy "24/7 ko‘cha" foydalanishga topshirildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar mahallada qisqa fursatda amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar va yaratilgan qulayliklar uchun samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

O‘z navbatida, mahalla va ko‘cha faollari “Abdulla Avloniy” mahallasi shahar markazida joylashgani hamda aholi va transport vositalari bilan doimiy gavjumligini inobatga olgan holda, hududda profilaktik nazorat va jamoat tartibini saqlash tadbirlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini ilgari surdilar.

Deputat D.Normuradova fuqarolarning jamoat xavfsizligiga doir taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, hududda profilaktika inspektorlari va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda patrullik va nazorat tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik ko‘rsatmalari berilishini ta’kidladi.

Obod va xavfsiz mahalla — yurtimiz tinchligi va farovonligi garovidir!
Slide 1 of 4