35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари депутат назоратида
янв.21
Янгиқўрғонда замонавий сузиш ҳавзаси фойдаланишга топширилди
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ЭЪЗОЗЛАНИБ, АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Баркамол маҳалласида замонавий коттежлар қуриш режалаштирилмоқда
янв.21
«Мадад» ННТ вакили иштирокида фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
ЙЎЛ МАДАНИЯТИ — ХАВФСИЗ ҲАЁТ ВА ХОТИРЖАМЛИК КАФОЛАТИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ ОЛДИДАН ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА МУҲТОЖ ОИЛАЛАР ХОНАДОНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“Novza” mahallasida zamonaviy bolalar maydonchasi, sport maydonchasi va sayilgoh barpo etilmoqda

Chilonzor tumani hokimi, xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Saidqahhor Xolxo‘jayevning deputatlik okrugida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari “Novza” mahallasida olib borildi.
Ma’lumki, mazkur mahallani obodonlashtirish, aholi uchun qulay va xavfsiz hududga aylantirish ishlari tuman hokimining shaxsiy mas’ulligida amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda mahallada keng ko‘lamli obodonlashtirish, ta’mirlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, mahalladagi 138- va 21-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida qarovsiz holatda bo‘lgan yer maydoni obodonlashtirilib, ushbu hududda aholi va bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun zamonaviy bolalar maydonchasi, sport maydonchasi, vorkaut hududi hamda mahalla hududidan oqib o‘tuvchi sohil bo‘yida sayilgoh barpo etilmoqda.

O‘rganish davomida mas’ullar tomonidan qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, bajarilayotgan ishlarning sifati va xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qurilish ishlari yaqin kunlarda yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida ushbu maskan aholi uchun bayram tuhfasi sifatida foydalanishga topshiriladi.

Slide 1 of 4