35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари депутат назоратида
янв.21
Янгиқўрғонда замонавий сузиш ҳавзаси фойдаланишга топширилди
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ЭЪЗОЗЛАНИБ, АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Баркамол маҳалласида замонавий коттежлар қуриш режалаштирилмоқда
янв.21
«Мадад» ННТ вакили иштирокида фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
ЙЎЛ МАДАНИЯТИ — ХАВФСИЗ ҲАЁТ ВА ХОТИРЖАМЛИК КАФОЛАТИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ ОЛДИДАН ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА МУҲТОЖ ОИЛАЛАР ХОНАДОНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Kotib

Eng ulug‘, eng aziz ayyom — Mustaqillik bayrami tobora yaqinlashib kelmoqda. Bayram arafasida yurtimizning barcha hududlarida xayru saxovat, mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu tadbirlar keng quloch yoymoqda. Bunday xayrli tashabbuslar jamiyatimizda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, bayram shukuhini oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mutaqilligining 35 yillik shodiyonalari arafasida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi
“Al-Farobiy” mahallasida bayram dasturxoni yozildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 21-“Al-Farobiy” okrugi deputati, Adolat sotsial demokratik partiyasi a’zosi Elmurod Amirov, mahalla vakillari va faollari ishtirok etdilar.

Bayram dasturi fayzli dasturxon va ko‘tarinki kayfiyat ulashgan musiqiy chiqishlar bilan yanada mazmunli va zavqli ruhda o‘tdi. Shuningdek, mahalladagilariga osh tarqatilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbir davomida yurtimiz mustaqilligi yillarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar, tinchlik-osoyishtalik va taraqqiyotning bebaho qadriyatlari haqida samimiy suhbatlar olib borildi.

Deputat Amirov Elmurod yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etib, mustaqillik xalqimizning bebaho ne’mati ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu ulug‘ ne’matni asrab-avaylash, yurtimiz tinchligi va farovonligini mustahkamlash, uning ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish har birimizning muqaddas burchimiz ekanini qayd etdi.

Slide 1 of 3