35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари депутат назоратида
янв.21
Янгиқўрғонда замонавий сузиш ҳавзаси фойдаланишга топширилди
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ЭЪЗОЗЛАНИБ, АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Баркамол маҳалласида замонавий коттежлар қуриш режалаштирилмоқда
янв.21
«Мадад» ННТ вакили иштирокида фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
ЙЎЛ МАДАНИЯТИ — ХАВФСИЗ ҲАЁТ ВА ХОТИРЖАМЛИК КАФОЛАТИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ ОЛДИДАН ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА МУҲТОЖ ОИЛАЛАР ХОНАДОНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 SHEROBOD TUMANIDA DEPUTAT, “MAHALLA YETTILIGI” VA MAHALLA FAOLLARI UCHRASHUVI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Boyqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini “mahalla yettiligi” a’zolari hamda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida qarorda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati muhokama qilinib, hududni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari va mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash va ularning yechimiga qaratilgan amaliy ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish doirasida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida har bir fuqaroning faol ishtiroki va tashabbuskorligi muhim ekani ta’kidlandi.

🏘 Шунингдек, “Tashabbusli budjet” jarayonida mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlashga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ovoz berish jarayonida faol ishtirok etish va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga fuqarolar hamda mahalla faollari chaqirildi.

📌 Mahalla taraqqiyoti — aholi, mahalla faollari va davlat vakillarining hamjihatligi hamda tashabbusi bilan ta’minlanadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4