35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Фуқаролар мурожаатлари депутат назоратида
янв.21
Янгиқўрғонда замонавий сузиш ҳавзаси фойдаланишга топширилди
янв.21
Маҳаллада ободонлаштириш ишлари ташкил этилди
янв.21
НУРОНИЙЛАР ЭЪЗОЗЛАНИБ, АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Баркамол маҳалласида замонавий коттежлар қуриш режалаштирилмоқда
янв.21
«Мадад» ННТ вакили иштирокида фуқаролар қабули ўтказилди
янв.21
ЙЎЛ МАДАНИЯТИ — ХАВФСИЗ ҲАЁТ ВА ХОТИРЖАМЛИК КАФОЛАТИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ ОЛДИДАН ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
2027 ЙИЛ ҲОСИЛИ УЧУН ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА МУҲТОЖ ОИЛАЛАР ХОНАДОНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

⚽️ Deputat va tashkilot hamkorligi — amaliy tashabbuslarda

Sherobod tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Zilantex” MChJda bugungi kunda 550 nafar fuqaro mehnat qilib, doimiy ish bilan ta’minlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan korxona xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etilib, unda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Mazkur tadbirning taqdirlash marosimida xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati A. Tojiyev ishtirok etdi. Deputat korxona jamoasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda faol qatnashib, musobaqa g‘olib va sovrindorlarini shaxsan taqdirladi.

Tadbir davomida yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida har bir fuqaroning faol ishtiroki hamda tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🤝 Deputatning biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda olib borayotgan bunday amaliy ishlari hududdagi jamoatchilik faolligini oshirish, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

🏆 G‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5