35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЧЕГАРА ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАМАЙ МАҲАЛЛАСИДА МУАММОЛАР КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
ХУСУСИЙ МАКТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИНСОН ҚАДРИ — ЭЪТИБОР ВА ИМКОНИЯТДА
янв.21
ЭРТАГИ СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК ВАЗИФАЛАРИ БЕЛГИЛАБ ОЛИНДИ
янв.21
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА КЛАСТЕР ТИЗИМИ ВА ДЕҲҚОНЛАР ДАРОМАДИНИ ОШИРИШ ОМИЛЛАРИ
янв.21
«МАДАД» ННТ БИЛАН ҲАМКОРЛИКДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭЪЛОН
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏥 ISTIQBOL MAHALLASIDAGI 82-OILAVIY POLIKLINIKADA TIBBIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 20-Mehrabod saylov okrugidan saylangan deputati Qodirov Jamshid Hazratqulovichning saylov okrugiga qarashli Sherobod tumanining “Istiqbol” mahallasidagi 82-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov, shuningdek, oilaviy poliklinika shifokorlari ishtirok etdi.

🏥 Muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, mavjud shart-sharoitlar hamda profilaktik tadbirlarning tashkil etilish holati atroflicha o‘rganildi.

📊 Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

👩‍⚕️ Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish, aholining tibbiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4