35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
BOLALAR UCHUN QULAY VA ZAMONAVIY MUHIT YARATILMOQDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova Marina tomonidan 13-mavze, 64-uy hududidagi bolalar maydonchasining holati o‘rganildi.

📌O‘rganish davomida bolalar maydonchasidagi mavjud jihozlarning holati, hududning obodonlashtirilishi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Maydonchani zamonaviy talablar asosida yangilash, eskirgan va foydalanish uchun noqulay bo‘lgan jihozlarni bosqichma-bosqich almashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👧🧒Shuningdek, bolalar uchun xavfsiz va qulay o‘yin hududini tashkil etish, maydonchaga zamonaviy o‘yin konstruksiyalarini o‘rnatish, hududni tartibga keltirish hamda uning tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilmoqda.

🌿Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda istiqomat qiluvchi bolalar uchun mazmunli hordiq chiqarish, ochiq havoda faol shug‘ullanish va vaqtini xavfsiz o‘tkazishi uchun qulay sharoit yaratishdir.

🤝Deputat tomonidan bolalar maydonchasini yangilash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish, mavjud masalalarni bosqichma-bosqich hal etish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijasini nazoratga olishga e’tibor qaratilmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan mahallalarda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarni obodonlashtirish hamda bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2