35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲАМКОРЛИКДА — ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИГА ЕЧИМ САРИ
янв.21
Янги ўқув йилига тайёргарлик ишлари ўрганилди
янв.21
ОҚТЕПА МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
“ОҚТЕПА” МАҲАЛЛАСИДА ПФ–209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ФАОЛИЯТИ ВА ПФ–209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Tibbiyot muassasalarida pulli xizmatlar holati o‘rganildi

2026-yil 13-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori bilan tasdiqlangan *“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom”*ning tumandagi ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasalarida pulli tibbiy xizmatlarni tashkil etish tartibi, xizmat turlari va tariflarning belgilanganligi, aholiga xizmatlar va ularning narxlari haqida ochiq axborot berilishi, to‘lovlarning qonunchilik talablari asosida amalga oshirilishi kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholiga qonunchilikda nazarda tutilgan bepul tibbiy xizmatlar o‘rniga asossiz ravishda pulli xizmat taklif etilishining oldini olish, bemorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish holatlari ham o‘rganildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va pulli tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8