35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ИШТИРОКИДА ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ МАРКАЗИ ОЧИЛДИ
янв.21
КАРТОШКА ҲОСИЛИ ВА ТАКРОРИЙ ЭКИНЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ ТАЪМИНОТИ БАРҚАРОРЛИГИ — АСОСИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШЛАБ ЧИҚАРИШ КОРХОНАЛАРИДА ЧАНГ-ГАЗ ТОЗАЛАШ УСКУНАЛАРИНИ ЎРНАТИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИ ИЧИМЛИК СУВИ БИЛАН ТАЪМИНЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕҲҚОНОБОД МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК ВА УЗУМЧИЛИК ЙЎНАЛИШИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
56-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
18-Bunyodkor saylov okrugida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Xudayarov Xushbek Normurodovich 18-Bunyodkor saylov okrugi hududida fuqarolar va mahalliy tadbirkorlar bilan amaliy targ‘ibot muloqotini o‘tkazdi.

Uchrashuvda deputat aholiga quyidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi:
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonun (03.09.1993 y., №938-XII) — fuqarolarning keksalikda va ijtimoiy yordamga muhtojlikda davlat tomonidan kafolatlangan ta’minot olish huquqlari;
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi — soliq stavkalari, imtiyozlar hamda tadbirkorlikni yuritish qoidalari;
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (26.12.2013 y., O‘RQ-360-son) — davlat budjeti mablag‘larining shakllanishi va ularning ijtimoiy sohalarga taqsimlanish tartibi.

Muloqot davomida soliq tushumlari va ijtimoiy to‘lovlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash tuman miqyosida pensiya, ijtimoiy nafaqa va ish haqi to‘lovlarining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, aholini o‘zini o‘zi band qilishi, kichik biznes sub’yektlarini tashkil etishi hamda amaldagi soliq imtiyozlaridan foydalanishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3