35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ИШТИРОКИДА ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ МАРКАЗИ ОЧИЛДИ
янв.21
КАРТОШКА ҲОСИЛИ ВА ТАКРОРИЙ ЭКИНЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ ТАЪМИНОТИ БАРҚАРОРЛИГИ — АСОСИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШЛАБ ЧИҚАРИШ КОРХОНАЛАРИДА ЧАНГ-ГАЗ ТОЗАЛАШ УСКУНАЛАРИНИ ЎРНАТИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИ ИЧИМЛИК СУВИ БИЛАН ТАЪМИНЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕҲҚОНОБОД МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК ВА УЗУМЧИЛИК ЙЎНАЛИШИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
56-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
19-maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar xavfsizligi va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova tomonidan 2-Konchi saylov okrugi hududida joylashgan 19-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida deputat e’tiborini asosiy masalalar — tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash holatiga qaratdi.

O‘rganish davomida oziq-ovqat xavfsizligi: Oshxona faoliyati, mahsulotlarning saqlanish sharoitlari, ularning sifat sertifikatlari va kunlik taomnomaga amal qilinishi;
Sanitariya va gigiyena: Mashg‘ulot hamda dam olish xonalarining sanitariya talablariga mosligi;
Moddiy-texnik baza: Bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi hamda xavfsiz hordiq chiqarishi uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida deputat G.Xusanova muassasa rahbariyati hamda mas’ul xodimlarga bolalar salomatligini muhofaza qilish, ovqatlanish ratsionini belgilangan me’yorlar asosida tashkil etish va aniqlangan kichik kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Slide 1 of 2