35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ИШТИРОКИДА ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ МАРКАЗИ ОЧИЛДИ
янв.21
КАРТОШКА ҲОСИЛИ ВА ТАКРОРИЙ ЭКИНЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ ТАЪМИНОТИ БАРҚАРОРЛИГИ — АСОСИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ ВА ТИББИЙ ХИЗМАТ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИШЛАБ ЧИҚАРИШ КОРХОНАЛАРИДА ЧАНГ-ГАЗ ТОЗАЛАШ УСКУНАЛАРИНИ ЎРНАТИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИ ИЧИМЛИК СУВИ БИЛАН ТАЪМИНЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕҲҚОНОБОД МАҲАЛЛАСИДА БАНДЛИК ВА УЗУМЧИЛИК ЙЎНАЛИШИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
56-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН РЕКОНСТРУКЦИЯ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
15-Naqqoshlik saylov okrugida sport infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan 15-Naqqoshlik saylov okrugi hududidagi mahallalarda aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari mavjudligi hamda ularning texnik va sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport maydonchalari, ochiq sport inshootlari va bolalar sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mavjud infratuzilmaning foydalanish darajasi, jihozlarning holati, xavfsizlik talablariga muvofiqligi va ta’mirtalab obyektlar yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda bolalar va yoshlar uchun qulay va xavfsiz sport muhitini yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4