“Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Omonov Erkin Botirovich tomonidan “Xalqobog’” mahallasidagi obodonlashtirish va hududni tartibga keltirish ishlari o‘rganildi.
📝O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, hududning sanitariya va obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirilib, Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) mas’ul rahbarlari bilan uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi.
🤝Muloqot davomida mavjud masalalar muhokama qilinib, hududni yanada obodlashtirish, tozalikni ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✅Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati ostida izchil davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!