#24_masala
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan 2027-yilda tasdiqlanadigan dasturlarga takliflar kiritildi.
6 – Farovon saylov okrugi
Ochilova Nazokat Yo‘ldoshevna
4. Payariq shahri “Go‘zal” mahallasi markazidagi eskirgan ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, Chelak shaharchasidan Payariq shaharchasigacha 8 km markaziy ichimlik suvi tarmog‘ini tortish hamda Payariq shaharchasidagi 21,8 km ichimlik suvi tarmog‘ini rekonstruksiya qilish.
Maqsad: 1962–1976-yillarda qurilgan va bugungi kunda jismoniy jihatdan eskirgan ichimlik suvi tarmoqlarini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish, aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda mavjud suv ta’minoti tizimidagi muammolarni bartaraf etish.
Kutilayotgan natija: “Go‘zal” mahallasidagi eskirgan ichimlik suvi tarmoqlari yangilanadi, Chelak shaharchasidan Payariq shaharchasigacha 8 km yangi markaziy suv tarmog‘i tortiladi hamda Payariq shaharchasidagi 21,8 km ichimlik suvi tarmog‘i rekonstruksiya qilinadi. Natijada aholining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi oshib, suv ta’minotining barqarorligi va xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi.
5. “Go‘zal” mahallasidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini mukammal ta’mirlash.
Maqsad: ta’lim muassasasining bino va inshootlarini zamonaviy talablar asosida ta’mirlash, o‘quvchilar uchun qulay, xavfsiz va munosib ta’lim olish sharoitlarini yaratish hamda maktabning moddiy-texnik holatini yaxshilash.
Kutilayotgan natija: 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining bino va inshootlari mukammal ta’mirlanib, o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlar yaratiladi. Ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi yaxshilanib, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|