#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda qurilish-obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda loyihalarning belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bajarilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|