Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari
muhokama qilindi
Tuman Kengashi deputati, tuman hokimi G'.Murodxo'jayev boshchiligida Iskovut mahallasida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi” O‘zb. Respublikasining qonuni, (12.04.2018 yildagi O‘RQ-474-son) hamda PQ–1-sonli qarori ijrosi doirasida "mahalla yettiligi" ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, hududda jinoyat sodir etilmagani alohida e’tirof etildi.Profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qaror ijrosini ta’minlash maqsadida soliq intizomini mustahkamlash, soliq tushumlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.