Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari
olib borildi
Tuman Kengashi deputati R.Urakov “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risi”dagi O‘zbekiston Respublikasining №754-XII 09.12.1992 yildagi qonun hamda Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 255-sonli qaror ijrosini taʻminlash maqsadida O‘rta va Yuqori Xonobod mahallalari hududida temir yo‘l muhofaza zonasi atrofini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
Temir yo‘l xavfsizligini ta’minlash, muhofaza zonasini noqonuniy qurilmalardan tozalash hamda hududning obodonligini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Ishlarda mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududni yanada obod va xavfsiz saqlash bo‘yicha o‘z hissalarini qo‘shdilar.