35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЎЗАК» ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАКРОРИЙ ЭКИН ВА АГРАР СОҲАДАГИ ДОЛЗАРБ ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛЛАР ОБОД БЎЛМОҚДА
янв.21
ҲУДУДЛАРДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
«ҚУТЛУҒТОЛ» МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
Uchtepadagi mahalla arkalari qurilishini yakunlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Uchtepadagi mahalla arkalari qurilishini yakunlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Ziyodullayev tomonidan Uchtepa tumani hokimi B. Mamajanov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi “Hayratiy” va “Latifguzar” mahalla fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlar asosida tayyorlandi.

🏗 Murojaatlarda mazkur mahallalarning kirish va chiqish qismida barpo etilgan arkalarning qurilish ishlari to‘liq yakunlanmagani qayd etilgan. Hozirgi kunda arkalarning tashqi ko‘rinishi tugallanmagan holatda bo‘lib, bu mahallalarning me’moriy qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda hamda hududni obodonlashtirish ishlari yakunlanmaganligi haqida taassurot uyg‘otmoqda.

🌿 Shuningdek, fuqarolar arkalarning namunaviy loyiha asosida to‘liq yakunlanishi mahallalarning estetik ko‘rinishini yaxshilashi, hududning jozibadorligini oshirishi hamda aholi va tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay muhit yaratishini ta’kidlagan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Ulug‘bek Ziyodullayev tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Uchtepa tumani hokimi B. Mamajanovdan “Hayratiy” va “Latifguzar” mahallalari kirish va chiqish qismidagi arkalarning holatini joyiga chiqib o‘rganish, ularni belgilangan namunaviy loyiha asosida to‘liq yakunlash va foydalanishga tayyor holatga keltirish bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Mazkur deputatlik so‘rovi mahallalarda obodonlashtirish ishlarini yakunlash, hududlarning zamonaviy va estetik qiyofasini shakllantirish hamda fuqarolar uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan bo‘lib, masala deputat tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1