35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
Sport maktabida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar 2-sonli sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida sport maktabida yosh sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport zallari, mashg‘ulot maydonlari, mavjud sport inventarlari hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun yaratilgan qulay muhit, xavfsizlik talablariga rioya etilishi, sport inshootlarining texnik holati hamda sportchilarni sifatli tayyorlash uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida sport maktabida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish hamda sportning ommaviyligini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2