#Ish_reja_ijrosi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari tahlili
2026-yil bugungi kun holatiga ko‘ra, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga jami 72 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.
Shundan:
72 ta deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotlar tomonidan qabul qilingan;
4 ta deputatlik so‘rovining ijro muddati hali tugamagan bo‘lib, ularning ijrosi nazoratga olingan;
68 ta deputatlik so‘rovi belgilangan muddatlarda ijro etilgan;
Tashkilotlar kesimida deputatlik so‘rovlari quyidagilarga yuborilgan:
Elektr tarmoqlari korxonasiga — 21 ta;
Payariq tumani hokimi o‘rinbosarlariga — 14 ta;
Inson ijtimoiy xizmatlar markaziga — 5 ta;
Samarqand suv ta’minoti tuman bo‘limiga — 4 ta;
Tuman bandlik bo‘limiga — 3 ta;
Tuman tibbiyot birlashmasiga — 3 ta;
Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limiga — 3 ta.
Shuningdek, Xalq banki Payariq tumani filiali, tuman gaz ta’minoti bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi, Kadastr agentligining tuman bo‘limi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda boshqa qator tashkilotlarga ham deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovlari yuborilgan.
Mazkur so‘rovlarning ijrosi amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ta'minlangan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|