Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Ollomurodov Otabek saylangan 14-"Xalqabod" saylov okrugiga qarashli "Shaffof" mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, "Yoshlar daftari" hamda elektron platformalar orqali olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Yoshlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash, davlat dasturlarida ishtirokini kengaytirish va yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda har bir yosh bilan individual ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.