35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
Qo‘qon shahrida elektr ta’minoti tizimi izchil modernizatsiya qilinmoqda

Aholini sifatli, uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahrida 2026-yil boshidan buyon elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida elektr tarmoqlarini yangilash, transformator punktlarini ta’mirlash va quvvatini oshirish, zamonaviy hisoblagichlar hamda konsentrator qurilmalarini o‘rnatish orqali tizimni raqamlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, qator obyektlarda quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatilmoqda. Bu esa ekologik barqarorlikni ta’minlash va energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, shahar hududidagi elektr uzatish tarmoqlari bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinib, yangi transformator punktlari foydalanishga topshirilmoqda. Mavjud infratuzilmani mustahkamlash orqali elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish va iste’molchilarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish maqsad qilingan.

Bugungi kunda Muqimiy, At-Termiziy, Shaldiroq, G‘ishtko‘prik va Qaymoqli guzar mahallalarida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar minglab aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik subyektlarini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi