35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
"Obodonlashtirish va mehr-saxovat oyligi" doirasida uchrashuv o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahridagi "Yangi Andijon" MFYda navbatdagi uchrashuv va o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati M. Madazimov hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Q. Qosimov ishtirok etib, mahalla hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida hududlarni obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mahallalarni yanada obod etish, inson qadrini ulug‘lash va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan bunday amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6