35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
янв.21
ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР БЎЛИМИ БИНОСИ ҚУРИЛИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ЎЗ ФАОЛИЯТИ ЮЗАСИДАН АХБОРОТ БЕРДИ
"Mahallabay" ish tizimi amalda: "O‘zbekiston" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati M.Ruziyeva o‘z okrugiga qarashli “O‘zbekiston” mahallasida kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov birgalikda bo‘lib, mahalla xodimlari va faollarining bugungi kundagi kunlik ish faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi haqida mahalla raisi bilan atroflicha suhbatlashdi.

💬Mazkur nazorat-tahlil jarayoni quyidagi muhim hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi:

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni;

🟢Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori;

🟢Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari.

💬Muloqot davomida deputat M.Ruziyeva tomonidan "mahalla yettiligi"ning eng muhim a'zolari faoliyati yaqindan tahlil qilindi:

🟢Hokim yordamchisi faoliyati: Mahallada iqtisodiy o‘sish nuqtalarini aniqlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish, aholiga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish hamda yangi ish o'rinlarini yaratish samaradorligi o‘rganildi;

🟢Yoshlar yetakchisi faoliyati: Yoshlar bilan ishlash tizimi, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand yoshlarga manzilli yordam ko‘rsatish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati ko‘rib chiqildi.

💬 "Prezidentimizning PF-116-sonli Farmoni mahalla tizimida ochiqlik, shaffoflik va tezkorlikni ta'minlashda muhim qadam bo'ldi. Hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining kundalik mehnati hisobot uchun emas, balki har bir xonadonda, har bir yoshning hayotida real ijobiy o'zgarishlar yaratishga qaratilishi shart," — deya ta'kidladi deputat M.Ruziyeva.
Slide 1 of 2