35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
янв.21
ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР БЎЛИМИ БИНОСИ ҚУРИЛИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАЛАРДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ЎЗ ФАОЛИЯТИ ЮЗАСИДАН АХБОРОТ БЕРДИ
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich o‘zi saylangan “Nurli kelajak” MFY 20-Seytmuratov saylov okrugida saylovchilar oldida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Deputatning axboroti saylovchilarga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxiatosh tumani apparat rahbari A.Aytmuratov tomonidan o‘qib eshittirildi.

🏗 Axborot davomida hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida ham ma’lumot berildi.
Jumladan:
🔹 ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish va ta’mirlash ishlari;
🔹 bolalar maydonchalari hamda sport inshootlarini barpo etish;
🔹 ichimlik suvi, elektr, gaz hamda boshqa kommunal infratuzilmani yaxshilash;
🔹 hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🤝 Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan hududni yanada rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifati, gaz ta’minoti, obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflar bildirildi.

👥 Deputat tashabbusi bilan uchrashuvda ishtirok etgan Taxiatosh tumani hokimligi Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i K.Bektayev, “Toza hudud” DUK Taxiatosh tumani filiali rahbari N.Shishenbayev, “Taxiatosh tumangaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Qutlimuratov, shuningdek, mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimlar fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berib, murojaatlar yuzasidan tegishli izoh va tushuntirishlar berdi.

⚡️ Ochiq muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9