35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
"Yashil makon" hududidagi daraxtlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘z tashabbusi bilan barpo etilgan "Yashil makon" hududidagi daraxtlarning holati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ekilgan daraxtlarning o‘sish holati, ularni parvarishlash ishlari hamda sug‘orish tizimining bugungi holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Natijada sug‘orish tizimidagi mavjud muammolar sabab ayrim daraxtlarning holati talab darajasida emasligi aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan mahalla raisi va "mahalla yettiligi" a’zolari bilan muhokama o‘tkazilib, daraxtlarni saqlab qolish, ularni muntazam parvarishlash hamda sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, sug‘orish tizimidagi muammoni bartaraf etish maqsadida mahalliy hokimlik bilan hamkorlikda amaliy ishlarni tashkil etish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda yashil hududni saqlash va kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4