35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
НАМАНГАНСОЙ СОҲИЛИ ОБОД ВА ЗАМОНАВИЙ ҲУДУДГА АЙЛАНТИРИЛАДИ
Deputat tomonidan 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.A.Usmonov tomonidan “Istiqlol” saylov okrugi “Tolzor” mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, axborot berildi.

Tadbirda Qo‘qon shahar hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla faollari hamda saylovchilar ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini hal etish va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

M.A.Usmonov o‘z axborotida 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida “Tolzor” MFY hududida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, deputat mahalliy Kengash deputatining vakolatlari, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, deputatlik so‘rovlari, fuqarolar qabullari hamda doimiy ravishda saylov okrugida olib borilayotgan ishlar yuzasidan saylovchilarga batafsil tushuntirishlar berdi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3